SportUz.Tv

Rasman! Tim Czyu Erislandi Lara bilan WBA kamari uchun jang qiladi

04.11.2026 17:18    


Rasmni yuklab olish

13 dekabr kuni Avstraliyaning Gold-Kost shahridagi Cbus Super Stadium’da prof boks oqshomi o'tkaziladi.

Turnirning markaziy jangida avstraliyalik Tim Czyu va kubalik Erislandi Lara o'rta vazn toifasida WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqadi.

32 yoshli Czyu professional faoliyatida 28 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan, 18 ta jangini nokaut bilan yakunlagan. U ushbu bahsda ikkinchi vazn toifasida jahon chempioniga aylanish imkoniyatiga ega bo'ladi. 43 yoshli Lara esa 32 ta g'alaba, 3 ta mag'lubiyat va 3 ta durangga ega. Ularning 19 tasini nokaut bilan yakunlagan va hozirda WBA'ning o'rta vazndagi amaldagi chempioni hisoblanadi.

Turnirning yana bir muhim jangida birinchi o'rta vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni Jermell CHarlo avstraliyalik Brok Jarvisga qarshi 10 raundlik bahs o'tkazadi. CHarlo 35-2-1, Jarvis esa 23-2 rekordiga ega.

SHuningdek, birinchi engil vaznda WBA Regular kamari sohibi Elnur Samedov avstraliyalik Liam Uilsonga qarshi ringga chiqadi. Samedovning rekordi 22-1, Uilsonniki esa 18-3.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: