
Musobaqaga oz vaqt qolganida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Amirxon Alixo'jaevning turnirda ishtirok etishi malum bo'ldi.
Unga Mangu 5 turnirida rossiyalik SHarif Iskandarov raqib bo'ladi.
Jang yarim o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, Amirxon Alixo'jaev faoliyati davomida 20 ta jang o'tkazib, 13 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangida rossiyalik Magomed Salievga nokautga uchragandi.
SHarif Iskandarov hisobida esa 4 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat mavjud.
