
WBO reytingda uchinchi o'rinda turgan daniyalik Yakob Bank (20-0, 11 KO) super o'rta vazn toifasida vakant bo'lib qolgan chempionlik kamari uchun Alimxanuliga qarshi jang qiladi.
Yanvar oyida Bank IBF sobiq chempioni Uilyam Skulni nokautga uchratgandi. Skul bundan avval Kanelo bilan 12 raundlik jang o'tkazgan.
Alimxanuli va Bankka muzokara olib borish uchun 15 kun berildi. SHundan so'ng, promouterlik savdolari o'tkaziladi. Bankning yirik promouteri yo'q, shu sababli u taklifga rozi bo'lishi ehtimoli yuqori.
