
"Yo'q! Biz hech qanday zaxira variantlarni ko'rib chiqmaganmiz, biz Abu-Dabiga belgilangan muddatda boramiz. Biz boramiz vassalom. Men UFC turnirini o'tkazish uchun u erda bo'laman, shuningdek, Power Slap brendi ostida Abu-Dabida bir yo'la ikkita tadbir bo'lib o'tadi", — deya Uaytning so'zlarini keltiradi Bloody Elbow portali.
Eslatib o'tamiz, UFC 333 turniri 24 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy voqeasida UFC’ning yarim engil vazn toifasidagi chempioni, avstraliyalik Aleksandr Volkanovski mag'lubiyatsiz kelayotgan rossiyalik davogar Movsar Evloevga qarshi oktagonga ko'tariladi.

UFC 333 turniri harbiy harakatlar sabab BAAdan ko'chirilishi mumkinmi? Dana Uayt javob berdi