
Oqshom ishtirokchilari bugungi janglar oldidan rasmiy tarozi marosimida hozir bo'lishdi. Asosiy jangda Bellator`ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Liz Karmush Jena Bishopga qarshi oktagonga chiqadi. Revansh maqomidagi ushbu jangning vazn meyorini bajarish uchun Liz Karmush sochlarini kestirishga majbur bo'ldi.
Rasmiy tarozi marosimi boshlanishidan oldin Karmush taroziga chiqdi va belgilangan meyordan biroz og'ir ekanini ko'rdi. U bunday holatga tayyor bo'lgani ko'rinib turardi, chunki yonida soch olish mashinkasi va qaychi bor edi. Sportchi jamoasi azolari yordamida sochlarining katta qismini kestirdi. Natijada u tarozida ruxsat etilgan eng yuqori ko'rsatkich — 56,7 kg ni ko'rsatdi.
CHikago PFL turnirining to'liq tarozi natijalari
Ayollar engil vazn toifasi: Liz Karmush (56,70 kg) – Jena Bishop (56,52 kg)
Engil yarim vazn: Timur Xizriev (65,95 kg) – Gabriel Braga (66,13 kg)
Engil vazn: Sarvarjon Hamidov (61,60 kg) – Rafael do Nasimentu (61,42 kg)
Yarim o'rta vazn: Jey Pi Sent-Luis (78,38 kg) – Uali Tandiya (77,11 kg)
Yarim o'rta vazn: Trey Uoters (77,29 kg) – Eliezer Kubanza (77,20 kg)
Yarim og'ir vazn: Emiliano Sordi (93,08 kg) – Abraham Babli (93,35 kg)
Engil vazn: Kassio Barao (69,94 kg) – Kevin Piz (70,58 kg)
Ayollar engil vazni: SHannon Klark (57,06 kg) – Lusero Akosta (56,70 kg)
Engil vazn: Gamid Xizriev (70,58 kg) – Maykl Boylan (70,31 kg)
Engil vazn: Kobi Fer (61,69 kg) – Rosario Romero (61,60 kg)
Engil vazn: Lenan Xabalaev (70,31 kg) – Brok Hamer (70,76 kg)
Ayollar engil vazni: Paulina Vishnevska (56,97 kg) – CHelsi Xekkett (56,97 kg)
Engil yarim vazn: Noa Ermosillo (66,22 kg) – Keyden Koks (66,04 kg)

UFC 333 turniri harbiy harakatlar sabab BAAdan ko'chirilishi mumkinmi? Dana Uayt javob berdi