
Avval xabar berganimizdek, mazkur musobaqada kki nafar o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustalari — Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov ham ishtirok etadi.
Turnirda Saidyoqub Qahramonov tojikistonlik Baxtovar Yunusov (11-1-1), Xolmurod Nurmatov esa boshqa bir tojik sportchisi — Emomahdi Orzuzoda (7-4) bilan jang qiladi.
ACA 209 turnirining markaziy bahsi tojikistonlik Faridun Odilov va Rossiya vakili Artyom Frolov o'rtasida kechadi.
Turnirning to'liq kardi quyidagicha:
