SportUz.Tv

Maxachev UFC'dagi uchinchi chempionlik haqida: "Buning uchun O'zbekistonda qolib bir oy osh eyishim kerak"

06.11.2026 11:48    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik 35 yoshli UFC yarimog'ir vazn chempioni Islam Maxachev uchinchi UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritish uchun o'rta vaznga o'tish g'oyasini baholadi.

"O'rta vaznga o'tish? Buning uchun men O'zbekistonda bir oy qolib, har kuni palov eyishim kerak bo'ladi. Bu qiyin bo'ladi, bilmayman. Jamoada bu haqda gaplashilgan. CHunki mushak massasini to'plash oson emas. SHu bois bu masalada yaxshilab o'tirib o'ylashimiz kerak", — dedi Maxachev Toshkentda o'tgan matbuot anjumanida.

Ayni paytda Maxachev UFC'da 17 ta g'alabali seriyada ketmoqda. Rossiyalik jangchining hisobida jami 29 ta g'alaba va bir mag'lubiyat bor. Islamning so'nggi jangi 16 avgust kuni AQSHning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida bo'lib o'tgan UFC 330 turnirida bo'lib o'tdi. Uning raqibi irlandiyalik Yen Gerri bo'ldi. Jang besh raund davom etdi va Islamning yakdil qaroridagi g'alabasi bilan yakunlandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: