
35 yoshli rossiyalik jangchi sportuz.tv muxbiri Mohichehra Sobirovaga bergan intervyusida onasi uning MMAda jang qilishiga doim qarshi bo'lganini aytdi.
"Onam har doim jang qilishimga qarshi bo'lgan. Men esa doim unga quloq solganman, demak, tez orada yana quloq solaman", dedi Maxachev.
Islam kecha Toshkent shahrida start olayotgan sambo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati tadbirlarida ishtirok etish uchun etib keldi.