
Musobaqa dasturidan o'rin olgan boks bahslari o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi. Bugun boks musobaqasida medallar uchun kechadigan chorak final janglari bo'lib o'tadi. Ikki nafar bokschimiz Yoshlar Olimpiya o'yinlarining yarim final chiptasini qo'lga kiritish barobarida kamida bronza medalini naqd qilish uchun rigga chiqadi.
Bugun bokschi qizlarimizdan Sabrina CHakomanova germaniyalik Lorin Sayimga, Rushanabonu Isoeva litvalik Migle Griskonitega qarshi jang o'tkazadi. Kunduzgi dastur janglari bizning vaqt bilan soat 17:00, kechki dastur esa 22:00 da boshlanadi.
Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:
-54 kg: Sabrina CHakomanova - Lorin Sayim (Germaniya) 23:45
-60 kg: Rushanabonu Isoeva - Migle Griskonite (Litva) 00:30

