
Bu haqda tashkilot rahbariyati tadbir oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.
"Biz vaziyatning imkon qadar tezroq hal bo'lishiga umid qilamiz. Lekin shuni ishonch bilan ayta olamanki, Usman shanba oqshomidagi tadbirimizda ishtirok etmaydi", - dedi liga rahbari CHad Bronsteyn.
Hozircha shanba kungi turnirda Merab Dvalishvili va Umar Nurmagomedov ishtirok eta oladimi yoki yo'q, bunisi nomalum. So'nggi malumotlarga ko'ra, u ham mushtlashuvda ishtirok etgan. Dvalishvili tadbir doirasida braziliyalik Marlon Moraes bilan uchrashishi kerak, Nurmagomedovning esa amerikalik Yurayya Faberga qarshi gilamga chiqishi rejalashtirilgan.
Rossiyalik ham, gruziyalik ham matbuot anjumanida ishtirok etmadi, chunki ular hali ham hibsda saqlanmoqda. Abu-Dabi policiyasi ham ommaviy mushtlashuv yuzasidan rasmiy bayonot berib, o'n kishi hibsga olinganini malum qildi.
"Abu-Dabi policiyasi mehmonxonada sodir bo'lgan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan sakkiz kishini hibsga oldi, bu hodisaga ularning avvalgi kelishmovchiligi sabab bo'lgan. SHuningdek, hodisani videoga olgan ikki kishi ham hibsga olindi. Hibsga olinganlarga nisbatan zarur huquqiy chora-tadbirlar ko'rildi, so'ngra ularning ishlari keyingi ko'rib chiqish uchun prokuraturaga topshirildi.
Abu-Dabi policiyasi xavfsizlik va jamoat tartibini taminlash, shuningdek, xavfsizlikni buzishi yoki boshqalarni xavf ostiga qo'yishi mumkin bo'lgan harakatlarga qarshi qatiy kurashish majburiyatini yana bir bor tasdiqladi. Vazirlik qonunlar va belgilangan qoidalarga rioya qilish, shuningdek, madaniyatli va masuliyatli xatti-harakatlar zarurligini takidladi", - deyiladi bayonotda.
