SportUz.Tv

UFC 2021 yildan beri jang o'tkazmagan sportchini chetlatdi

19.11.2026 17:42    


Rasmni yuklab olish

MMA Fighting nashri xabar berishicha, amerikalik yarim engil vazn toifasi jangchisi 65 kg gacha) Rayan Xoll UFC'dan haydalgan.

Qizig'i shundaki, amerikalik jangchi tashkilotdagi so'nggi jangini 2021 yil dekabr oyida o'tkazgan.

Rayan Xoll 41 yoshda. U 2006 yilda aralash yakkakurash bo'yicha professional faoliyatini boshlagan, 2012 yildan esa muntazam ravishda janglarda ishtirok etib kelgan. Sportchi The Ultimate Fighter (TUF) realiti-shouining 22-mavsumi g'olibi hisoblanadi.

Xoll UFC'dagi debyutini 2018 yilda o'tkazgan. Uning dunyoning eng nufuzli jang promoushenidagi hisobida uchta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: