SportUz.Tv

Manba: Usman Nurmagomedov jamoasi bilan BAAda hibsga olinganidan so'ng Rossiyaga qaytdi

19.11.2026 12:51    


Rasmni yuklab olish

Vestnik MMA Telegram-kanali xabar berishicha, PFL chempioni, rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Usmon Nurmagomedov va uning jamoasining etti azosi BAAda hibsga olinganidan so'ng Rossiyaga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, 11 noyabr kuni Abu-Dabida Usmon Nurmagomedov klubdoshlari bilan birga UFC'ning sobiq chempioni, gruziyalik Merab Dvalishvili va uning hamrohi, kurashchi Saba Lizashvili bilan mushtlashib ketgan edi.

Hodisa oqibatida barcha ishtirokchilar hibsga olindi. Keyinroq Nurmagomedov olti oylik qamoq jazosiga hukm qilingani va 300 ming dirham jarimaga tortilgani malum bo'ldi. 17 noyabr kuni esa ayblanuvchilar qo'yib yuborilgani xabar qilindi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: