SportUz.Tv

Jek Ketterolning Teofimo Lopesga qarshi super chempionlik jangi uchun kimoshdi savdosi o'tkaziladi

27.11.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

Jahon boks associaciyasi (WBA) yarim o'rta vazndagi superchempion unvoni uchun Teofimo Lopes (23–2) va Jek Ketterol (33–2) o'rtasidagi jangni tashkil etish huquqi bo'yicha promouterlik savdolarini belgiladi.

Kimoshdi savdolari 4 dekabr, juma kuni AQSHda o'tkaziladi. Mukofot puli Lopes foydasiga 75 foizga 25 foiz nisbatida taqsimlanadi.

«Bunga ham apellyaciya berasanmi, Teofimo? Yoki erkaklarcha ish tutib, jang qilishni istaysanmi?» — deya yangilikka munosabat bildirgan Ketterol.

The Ring nashri Teofimoning menejerlari Mayk Borao va Kit Konnolli bilan suhbatlashdi. Ularning aytishicha, WBA hali ham Rayan Garsiya bilan birlashtiruvchi jang o'tkazish masalasi bo'yicha berilgan apellyaciyani ko'rib chiqmoqda. Borao va Konnolli ish oxir-oqibat federal sudgacha etib borishini kutmoqda.

Eslatib o'tamiz, Jek Ketterol so'nggi jangini hamyurtimiz SHahram G'iyosovga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan holda WBA Regular kamarini qo'lga kiritgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: