
U yaqin kelajakda Arman Carukyan bilan bo'sh chempionlik kamari uchun revansh o'tkazishi mumkinligini aytdi.
"SHubhasiz, men Arman bilan yana jang qilaman. Diego bilan jangdan keyin yo chempionlik kamari uchun Getjiga qarshi jangga yo'l ochaman, yoki darhol unga qarshi kamar uchun oktagonga chiqaman. CHunki bizning o'zaro tariximiz bor va men ko'proq tomosha yig'aman. Biroq, menimcha, Jastin faoliyatini yakunlaydi.
SHunda chempionlik kamari uchun CHarlz Oliveyra — Arman Carukyan jangini ko'ramiz. Ha, biz bo'sh chempionlik kamari uchun jang qilamiz. Getjining aytgan gaplari va shu paytgacha qilgan ishlariga qaraganda, u faoliyatini yakunlashi mumkin. Agar u ketsa, unda Oliveyra va Carukyan jang qiladi. Agar ketmasa, Oliveyra — Jastin Getji jangini ko'ramiz", — dedi Oliveyra.
Jek Ketterolning Teofimo Lopesga qarshi super chempionlik jangi uchun kimoshdi savdosi o'tkaziladi
Raxmonovning murabbiyi SHavkat UFC'dagi navbatdagi jangini qachon o'tkazishi mumkinligini aytdi