
Xabib madridliklarga uchrashuvga taklif uchun minnatdorlik bildirdi. O'z o'rnida "matraschilar" rahbariyati Nurmagomedovga 7-raqamli "Atletiko" futbolkasini sovg'a qildi.
"Atletiko" va "Barselona" o'rtasidagi o'yin Madriddagi "Sivitas Metropolitano" stadionida bo'lib o'tdi. Mezbonlar safida Juliano Simeone o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, kataloniyaliklar Markus Reshford va Robert Levandovskining gollari evaziga muhim g'alabani tantana qilishdi.

