
Qozog'iston terma jamoasining 13 nafar bokschisi final chiptasi uchun ringga ko'tariladi: Maxmud Sabirxan (55 kg), Orazbek Asilkulov (60 kg), Ertugan Zeynullinov (65 kg), Torexan Sabirxan (70 kg), Sabirjan Akkalikov (75 kg), Nurbek Oralbay (85 kg), Sagindik Togambay (90 kg), Aybek Oralbay (+90 kg); ayollarda — Aygerim Sattibaeva (48 kg), Bakit Seydish (70 kg), Valentina Xalzova (75 kg), Nadejda Ryabec (80 kg) va Dina Islambekova (+80 kg).
Ushbu bosqichga O'zbekiston terma jamoasining 11 nafar bokschisi etib keldi: Abdurahmon Mahmudjonov (60 kg), Abdulloh Madaminov (65 kg), Javohir Abdurahimov (75 kg), Fazliddin Erkinboev (80 kg), Jasurbek Yo'ldoshev (85 kg), Xalimjon Mamasoliev (90 kg); ayollarda — Nigina O'ktamova (57 kg), Oysha Toirova (70 kg), Aziza Zokirova (75 kg), Ruxshona Parpieva (80 kg), Oltinoy Sotimboeva (+80 kg).
Etiborlisi, Ruxshona Parpieva qura natijasiga ko'ra jangsiz finalga yo'l oldi. U kamida kumush medalni naqd qilgan. Bokschilarimizning son jihatidan ikkitalik farqni yo'qqa chiqarib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritishlariga ishonamiz.

O'zbekiston yoki Qozog'iston? Qaysi davlatdan 1/2 finalga ko'proq bokschi etib keldi?
UFC rosteridagi eng yosh ayol jangchi promoushendagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi