SportUz.Tv

Deontey Uaylderning ishtahasi ochildi

06.04.2026 09:06    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik 40 yoshli sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder ikki kun avval britaniyalik Derek CHisorani hakamlarning ayri qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, o'zining g'alabali seriyasini ikkitaga etkazgan edi.

Endi u britaniyalik sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan jang qilish istagini bildirdi.

"Kichkintoy Entoni, og'zingni yumish yoki o'rningdan turish vaqti keldi. Men qaytib keldim. Bu xavfli Uaylder. Kel, bu jangni amalga oshiramiz!", - dedi Uaylder.

Malumot uchun, Entoni Joshua o'zining so'nggi jangida mashhur bloger Jeyk Polni oltinchi raundda nokautga uchratgandi. Avvalroq, uning Tayson Fyuri bilan uzoq kutilgan jangi tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.

O'tgan yilning dekabr oyi oxirida Joshua Nigeriyada avtohalokatga uchragandi. O'shanda uning ikki murabbiylari hayotdan ko'z yumgan, o'zi baxtli tasodif sabab omon qolgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: