
Xuddi chorak finalda bo'lgani kabi yarim final bosqichiga ham Hindiston terma jamoasi eng ko'p bokschi bilan etib keldi. Jami 16 nafar hind bokschisi bugun va ertaga final chiptasi uchun ringga chiqadi. Qozog'iston 13, O'zbekiston 11, Xitoy 8, Mo'g'uliston 5, Tailand, Xitoy Taypeyi va Yaponiya 4 nafardan bokschi medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.
Osiyo chempionatida 1/2 finalga etib kelgan davlatlar va bokschilar soni:
Hindiston — 16 nafar
Qozog'iston — 13 nafar
O'zbekiston — 11 nafar
Xitoy — 8 nafar
Mo'g'uliston — 5 nafar
Tailand — 4 nafar
Xitoy Taypeyi — 4 nafar
Yaponiya — 4 nafar
KXDR — 3 nafar
Tojikiston — 3 nafar
Iordaniya — 3 nafar
Koreya Respublikasi — 2 nafar
Filippin — 1 nafar
Turkmaniston — 1 nafar
