SportUz.Tv

Angliya kubogi 1/2 finaliga qura tashlandi

06.04.2026 09:30    


Rasmni yuklab olish

Yakshanba oqshomida o'tkazilgan Angliya kubogining yarim final qurasi musobaqa grandlari – "Manchester Siti" va "CHelsi" uchun teng kuchli raqiblarni taqdim etdi.

Qura tashlash marosimi oqshomning so'nggi chorak final uchrashuvi – "Vest Xem" hamda "Lids Yunayted" o'rtasidagi bahsdan so'ng bo'lib o'tdi. Asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan mazkur o'yinda penaltilar seriyasida "Lids"ning qo'li baland keldi.

"Manchester Siti" chorak finalda "Liverpul"ni 4:0 hisobida tor-mor etib, musobaqadan chiqarib yuborgan bo'lsa, "CHelsi" uchinchi divizion vakili "Port Veyl" ustidan 7:0 hisobida yirik g'alaba qozondi.

SHu bilan birga, "Sautgempton" Premer-liga peshqadami "Arsenal"ni 2:1 hisobida mag'lub etib, turnirdagi asosiy sensaciyalardan birini qayd etdi.

Yarim final qurasi natijasida quyidagi juftliklar shakllandi:

"CHelsi" – "Lids Yunayted"
"Manchester Siti" – "Sautgempton"

Yarim final bahslari 25 va 26 aprel kunlari "Uembli" stadionida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: