SportUz.Tv

Noyer "Santyago Bernabeu"da rekord o'rnatdi

08.04.2026 20:12    


Rasmni yuklab olish

Myunxenning "Bavariya" jamoasi posboni Manuel Noyer ECHL 1/4 finali doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi kechgan bahsda (2:1) fenomenal o'yin namoyish etdi.

40 yoshli darvozabon madridliklarning 9 ta zarbasini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Bu ko'rsatkich ECHL pley-off bosqichi tarixida "Santyago Bernabeu" stadionida qayd etilgan mutlaq rekord hisoblanadi. Statistika yuritila boshlangan davrdan buyon hali biror bir golkiper Madriddagi o'yinlarda 9 ta seyv amalga oshirmagan edi.

Noyerning ushbu mahorati "Bavariya"ga safardan muhim g'alaba bilan qaytish imkonini berdi. Endi jamoalar 15 aprel kuni Myunxenda javob uchrashuvini o'tkazishadi. Ikkinchi bahsda ham Manueldan mana shunday ishonchli harakatlar kutib qolamiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: