SportUz.Tv

JCHdagi guruhdoshimizning o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi

03.06.2026 09:36    


Rasmni yuklab olish

Kongo Demokratik Respublikasi va CHili terma jamoalari o'rtasida 9 iyunda Ispaniyaning La-Linea-de-la-Konsepson shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi, deya xabar beradi BBC.

Ushbu qaror shahar meri Xuan Franko tomonidan qabul qilingan bo'lib, u Ebola virusi bilan bog'liq jiddiy xavotirlar sababli o'yinni o'tkazishga taqiq qo'ygan.

Manbaga ko'ra, terma jamoalar turnir boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun yangi joy topishga harakat qilmoqda.

Kongo DR terma jamoasi mamlakatda Ebola virusi avj olgani sababli jahon chempionati — 2026 ga tayyorgarlikni vaqtincha to'xtatgan edi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti vaziyatni "favqulodda" deb tavsifladi, biroq uni pandemiya deb tan olmadi.

Jahon chempionatida Kongo DR terma jamoasi "K" guruhidan joy olgan bo'lib, u erda Portugaliya, Kolumbiya va O'zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: