
"Albatta, hamma revanshni ko'rishni xohlaydi. Hozir og'ir vazn toifasi juda qiziqarli bo'lib turibdi. Matchmeykerlar menga taklif qiladigan har qanday jangga mamnuniyat bilan rozi bo'laman", — dedi Gan.
Gan va Xokit 15 noyabr kuni UFC 334 turnirida o'zaro jang o'tkazishgan edi. Unda Gan hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.