SportUz.Tv

"Men asosiy davogarman. Maxachev mendan qochdi" - Karlos Prates

22.11.2026 17:30    


Rasmni yuklab olish

UFC yarim o'rta vazn toifasi reytingida ikkinchi o'rinda borayotgan braziliyalik Karlos Prates UFC Daniel Kormening fikriga munosabat bildirdi.

Korme unga UFC’ning 77 kg gacha bo'lgan vazndagi chempioni, rossiyalik Islam Maxachevga hujum qilishni to'xtatib, mag'lubiyat nimaligini bilmaydigan ekvadorlik Maykl Moralesga qarshi bo'lajak jangga etibor qaratishni maslahat bergan edi. Ularning to'qnashuvi 30 yanvar kuni UFC 336 turniri doirasida bo'lib o'tadi.

"Men UFC chempionlik kamari uchun asosiy davogarman. Bilishimcha, Morales SHavkat bilan jang qilishi kerak edi. Navbatdagi davogar menman. Ikki nafar chempionni mag'lub etdim va buni osongina uddaladim. Ammo u mendan qochdi! Buning ustiga, u oktagon ichida ham menga yutqazgan bo'lardi, uning tashqarisida esa ahvoli bundan ham yomonroq bo'lardi. Qoidalar yo'q — imkoniyat ham yo'q!» — deb yozdi Prates.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: