
— Erdos, sizni ko'rgan odamning xayoliga birinchi navbatda ko'pchilikni qiziqtirayotgan Sayat Ilyasov haqidagi savol keladi. Uning ko'k pasport (Qozog'iston fuqarosi pasporti) olish jarayoni qanday kechayotgani haqida gapirib bersangiz.
— Rahmat. Prezidentimiz farmonni imzolagani haqidagi xabarni eshitdik. SHu zahoti migraciya policiyasiga borib, uning barcha hujjatlarini topshirdik. SHu munosabat bilan barchaga, vatandoshlarimiz — qondoshlarimiz, xorijdan kelgan birodarlarimizga bunday katta yordam ko'rsatib, barcha ishlarni tezkorlik bilan rasmiylashtirib bergani uchun minnatdorlik bildiraman. Sayat misolida, yurtimizga yana ko'plab kuchli qozoq birodarlarimiz kelib, mamlakatimiz sharafini himoya qiladi, deb o'ylayman.
— Tushunishimcha, maxsus ro'yxat tuzilgan va Sayat uchun shu asosda fuqarolikni rasmiylashtirish jarayoni tezlashtirilgan. Davlat rahbari ham farmonni imzolab bo'lganmi?
— Davlat rahbari fuqarolik berish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Ikki kun oldin hujjatni oldik va rasmiylashtirish uchun topshirdik.
— Sayat bu yangilikdan xabardormi? Hozir uning o'zi qaerda — mashg'ulotdami, musobaqadami?
— Hozirda Turkiston viloyatidagi «Almatau» bazasida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazilmoqda. Yaqin orada Toshkentda (O'zbekiston) Jahon kubogining final bosqichi bo'lib o'tadi. Unda yigitlarimiz ishtirok etadi. Qozog'iston terma jamoasi ham musobaqada qatnashadi. Sayat hozir milliy terma jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazib, musobaqada ishtirok etadigan yigitlarga yordam bermoqda.
— Demak, tushunishimcha, ushbu musobaqalardan keyin u hujjatni qo'liga olishi kerak?
— Xudo xohlasa, u erdan qaytib keladi. Hujjatlar bor, ularga shaxsan imzo qo'yish va suratga tushish kerak. SHu hujjatlarni topshiramiz va, Xudo xohlasa, Yangi yilga qadar ko'k pasportni qo'lga kiritishni rejalashtiryapmiz.
Malumot uchun, Ilyasov O'zbekiston terma jamoasi safida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining bronza medali (2022), qita birinchiligining kumush medali (2023) sohibi bo'lgan. Qozog'iston safida esa 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionati oltin medali (2025) sohibi bo'lgan. SHuningdek, 2025 yilda IBA jahon chempionatida ishtirok etgan.
