SportUz.Tv

Saloh Turkiya klubiga o'tmoqda. SHartnoma bandlari malum

05.08.2026 09:36    


Rasmni yuklab olish

Turkiyaning "Trabzonspor" klubi matbuot xizmati muxlislarga murojaatida "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Muhammad Salohning uchib kelishini elon qildi.

Futbolchi bugun Istanbulga etib keladi. Avvalroq tomonlar ikki yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishgani haqida xabar berilgan edi. Futbolchining yillik maoshi 17 million evroni tashkil qiladi. SHuningdek, lisoblar sotuvidan 25 foiz ulush ham oladi.

"Trabzonspor" muxlislari uchun elon. Biz transfer bo'yicha muzokaralarni boshlagan professional futbolchi Muhammad Saloh chorshanba, 5 avgust kuni soat 12:00 da Istanbuldagi Otaturk nomidagi aeroportning umumiy aviaciya terminalida bo'ladi.

O'yinchi o'sha kuni kechqurun Trabzonga etib kelishi kutilmoqda. Trabzondagi kutib olish dasturining vaqti va boshqa tafsilotlari kun davomida klubimizning rasmiy aloqa kanallari orqali jamoatchilikka etkaziladi", — deyiladi "Trabzonspor" matbuot xizmatining X ijtimoiy tarmog'idagi xabarida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: