
U Joshuaning WBC, WBO, IBO, WBA Super, The Ring, IBF yo'nalishlarida sobiq jahon chempioni, yana bir britaniyalik charm qo'lqop ustasi Tayson Fyuriga qarshi jangini tashkil etish nima uchun cho'zilib ketayotganini malum qildi.
"Ular qilmoqchi bo'lgan narsa — tadbir o'tkaziladigan joydagi farq tufayli Entoni Joshuaga kamroq pul to'lash. Bundan tashqari, undan bir qator qo'shimcha majburiyatlarni bajarish talab qilinmoqda. Men janjal ko'tarmoqchi emasman, garchi buni juda osonlik bilan qila olsam ham. Ammo Joshuaning shartnomasida allaqachon buzilishlar bo'lgan, biz ularga ko'z yumdik, chunki bu odamlar bizning hamkorlarimiz va do'stlarimiz hisoblanadi yoki shunday bo'lgan. Hozir malum bir o'yin ketmoqda", — deya Xirnning so'zlarini keltiradi Everything Boxing akkaunti X ijtimoiy tarmog'ida.

Dana Uayt: "Yen Gerrida Maxachev bilan jang qilish imkoniyati boshqa hech qachon bo'lmaydi"
Joshuaning menejeri jangni tashkil etish kechikayotgani uchun Yaqin SHarq tashkilotchilarini aybladi