
"Albatta, men chempionlik kamari uchun jang qilishni istayman. Kim raqib bo'lishining farqi yo'q — men kamar uchun jang qilmoqchiman. Va, albatta, men Dvalishvili bilan revansh o'tkazmoqchiman. Bu rejaga muvofiq bo'lmagan yagona jang bo'ldi. O'zim uchun bilib olmoqchimanki, qo'lim sinmagan holatda qanday nafas olardim va bu uch raundni qanday o'tkazardim. Men o'zim uchun bu savol belgisini yopmoqchiman", — dedi Nurmagomedov Red Corner MMA YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Umar Nurmagomedov o'zining professional MMA rekordida 20 ta g'alaba (shundan to'qqiztasi muddatidan oldin) va bitta mag'lubiyatga ega.

UFC Fight Night 285 turniri jangchilarining gonorarlari malum - eng ko'pi "Ricar"da!
PFL turnirining barcha natijalari: "Kiborg" Vieyraga qarshi, Rabadanov Riderni nokautga uchratdi