SportUz.Tv

Rasman! Raqamlangan UFC 334 va UFC 335 turnirlari tasdiqlandi

24.08.2026 09:45    


Rasmni yuklab olish

Dunyoning eng kuchli ligasi joriy yildagi ikkita yakuniy raqamli turnirini rasman elon qildi.

14 noyabr kuni Nyu-Yorkdagi "Medison Skver Garden" arenasida UFC 334, 12 dekabr kuni esa Las-Vegasdagi "Ti-Mobayl" arenada UFC 335 turniri bo'lib o'tadi. 

Bo'lajak raqamli turnirlarning janglari hali rasman elon qilinmagan, biroq asosiy voqealar sifatida Kayla Xarrison va Amanda Nunes o'rtasidagi ayollar o'rtasida engil vazn toifasidagi chempionlik jangi, Tom Aspinall va Siril Gan o'rtasidagi og'ir vazn birlashtiruvchi chempionlik jangi, SHon Striklend va Xamzat CHimaev o'rtasida o'rta vazn toifasidagi chempionlik revansh jangi bo'lishi mumkin. 

Bundan tashqari, UFC`ning amaldagi engil vazn toifasi chempioni Jastin Getjining ham oktagonga qaytishi va yarim og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik uchun jang o'tkazilishi ham istisno qilinmaydi.

Malumot uchun, UFC 333 turniri esa 24 oktyabr kuni BAA poytaxti Abu-Dabi shahridagi "Etixad Arena"da o'tkaziladi va oqshomning ahamiyati jihatidan uchinchi jangida hamyurtimiz Ramazon Temirov angliyalik Lone Kavanaga qarshi oktagonga chiqadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: