SportUz.Tv
iks
ads

Apellyaciya muvaffaqiyatsiz chiqqan taqdirda "Siti" 7-10 yilga Evrokuboklardan chetlatilishi mumkin

16.10.2026 14:18    


Rasmni yuklab olish

Evropa futbol associaciyalari ittifoqi (UEFA) apellyaciya berilganidan so'ng "Manchester Siti" APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilsa, klubni 7-10 yilga barcha Evrokuboklardan chetlatishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Sezar Augusto Londono X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.

Premer-liganing mustaqil komissiyasi "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda sodir etilgan moliyaviy qoidabuzarliklar bo'yicha 115 ta ayblov bo'yicha aybdor deb topdi. Komissiya malumotlariga ko'ra, "shaharliklar" daromadlarni taxminan 830 million funtga oshirib ko'rsatishgan, buzilishlarning umumiy summasi esa 900 million funtdan oshgan.

Eslatib o'tamiz, 2020 yilda Sport arbitraj sudi (CAS) moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun UEFAning "Manchester Siti"ni ikki mavsumga Evrokuboklardan chetlatish haqidagi taqiqini bekor qilgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: