SportUz.Tv
iks
ads

SHara Bullet sobiq UFC chempioniga qarshi jang qiladi

16.10.2026 15:48    


Rasmni yuklab olish

UFC`ning o'rta vazn toifasida ishtirok etuvchi 32 yoshli rossiyalik SHarabutdin Magomedovning navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.

Ko'pchilikka "SHara Bullet" nomi bilan tanilgan aralash yakkakurash ustasi o'zining navbatdagi jangini 84 kg gacha vazn toifasidagi UFC sobiq chempioni, nigeriyalik Israel Adesanyaga qarshi o'tkazadi. Jang 5 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 295 turniri doirasida tashkil etilishi rejalashtirilgan. 

Bu haqda nufuzli kanadalik jurnalist va insayder Ariel Xelvani o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida malum qildi.

SHuningdek, takidlash joizki, dastlab ushbu tadbirni 28 noyabr kuni o'tkazish rejalashtirilgan edi. Oqshomning 5 dekabrga ko'chirilishi sabablari hozircha ochiqlanmagan.

Malumot uchun, SHarabutdin o'zining professional MMA faoliyatida 17 g'alaba (shundan 12 tasi nokaut bilan) va bitta mag'lubiyatga ega. Magomedov aralash yakkakurashlardagi professional debyutini 2017 yilning dekabr oyida o'tkazgan.

Nigeriyalik jangchining professional MMA rekordida esa 24 ta g'alaba (shundan 16 tasi nokaut bilan) va oltita mag'lubiyat qayd etilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: