
Eslatib o'tamiz, Krouford hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan (115:113, 115:113, 116:112) va Alvaresni ikkinchi o'rta vazndagi (76,2 kg gacha) to'rtta jahon chempionlik kamarining barchasidan mahrum qilgan edi.
"Nima sodir bo'lganini tushunaman va o'z xatolarimni bilaman. Men revansh janglarini doim yaxshi o'tkazaman va bu jang yana tashkil etilishiga umid qilaman. Bu jangni besh martacha qayta ko'rdim. Juda tengma-teng kechgan jang bo'ldi. Oramizdagi farq katta emas edi", — deya Alvaresning so'zlarini keltiradi The Ring jurnali.