SportUz.Tv
iks
ads

Bahodir Jalolov jang qiladigan Londondagi boks oqshomining to'liq kardi bilan tanishing

16.10.2026 17:51    


Rasmni yuklab olish

Ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov ertaga, 17 oktyabr kuni Londonda britaniyalik og'ir vazn bokschisi Solomon Dakresga qarshi ringga chiqadi.

Boks oqshomi Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Turnir DAZN platformasi orqali jonli efirda namoyish etiladi. Jalolov–Dakres jangi esa bizning vaqt bilan taxminan soat 23:30 dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.

Musobaqaning markaziy bellashuvida britaniyaliklar Deniel Dyubua va Fabio Uordli superog'ir vazn toifasida WBO chempionlik kamari uchun ikkinchi bor o'zaro to'qnash kelishadi. 

Jalolov so'nggi jangini 2026 yil may oyida Agron Smakichiga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan. O'zbekistonlik bokschi professional faoliyatida 17 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Ularning 15 tasini nokaut bilan yakunlagan.

Solomon Dakres esa oxirgi marta 2025 yil iyulida Vladislav Sirenkoga qarshi ringga chiqib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan. Britaniyalik bokschining hisobida 10 ta g'alaba, jumladan uchta nokaut va bitta mag'lubiyat bor.

Turnirning to'liq kardi:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: