SportUz.Tv
iks
ads

Alisher Usmonov APL jamoasini sotib olmoqchi - talkSPORT

17.10.2026 10:18    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik milliarder Alisher Usmanov Angliya Premer-ligasining "Everton" klubi ustidan nazoratni qayta tiklash va unga katta miqdorda sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda o'z manbalariga tayanib jurnalist Alan Breyzil malum qildi.

"Men buni tasdiqlay olmayman, ammo menga Usmanovning "Everton"ga qaytishga harakat qilayotgani haqida malumotlar etib keldi. Unda juda, juda katta pul bor. Ko'rinishidan, janob Usmanov agar imkoni bo'lsa, "Everton"ga katta miqdorda mablag' kiritish uchun qaytishga harakat qilmoqda", — deydi Breyzilning so'zlarini talkSPORT nashri.

Forbes malumotlariga ko'ra, Usmanovning boyligi 12,5 milliard evroga baholanmoqda. "Everton" 2022 yilning martida tadbirkorning kompaniyalari bilan homiylik shartnomalarini to'xtatgan edi. Avvalroq Usmanov Evropa Ittifoqining sankciyalar ro'yxatidan chiqarilgan edi. Biroq, Buyuk Britaniyaga kirish taqiqi va aktivlarning muzlatilishi hamon o'z kuchida qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: