SportUz.Tv
iks
ads

Bahodir Jalolovning Londondagi jangi to'liq davom etdi. Jangda nokdaun qayd etildi

18.10.2026 00:48    


Rasmni yuklab olish

Buyuk Britaniya poytaxti Londondagi O2 Arena majmuasida katta professional boks oqshomi o'tkazilmoqda.

Musobayada ikki karra Olimpiya o'yinlari chempioni, o'zbekistonlik super og'ir vazn bokschisi Bahodir Jalolov britaniyalik Solomon Dakresga qarshi ringga chiqdi. 

Super og'ir vazn toifasidagi 10 raundlik bahs to'liq davom etdi. Yakunda Bahodir raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi. Big Uzbek raqibini beshinchi raundda nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi.

Jalolov bungacha so'nggi jangini 2026 yil may oyida Agron Smakichiga qarshi o'tkazib, texnik nokaut evaziga g'alaba qozongandi. Hamyurtimizning professional ringdagi rekordida endi 18 ta g'alaba mavjud, shundan 15 tasi nokaut bilan qo'lga kiritildi. 

Solomon Dakres esa bungacha oxirgi bor 2025 yil iyul oyida Vladislav Sirenkoga qarshi jang qilib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi. Britaniyalik bokschi hisobida endilikda 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.

Londondagi boks oqshomining markaziy bellashuvi ikki britaniyalik charm qo'lqop ustalari — Daniel Dyubua va Fabio Uordli o'rtasida kechadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: