
"O'ylaymanki, sardorimiz hamma narsani aytib bo'ldi, bosh murabbiymiz hamma narsani aytib bo'ldi, hatto Portugaliya futbol federaciyasi ham hamma narsani aytib bo'ldi. Biz birdammiz. Bizning istagimiz — Millatlar ligasida g'alaba qozonish va biz barchaga ishonamiz. Ochiq-odin ko'rinib turibdiki, sardorimiz Krishtianu Ronaldu buning uchun asosiy figuralardan biridir.
Albatta, Ronalduning qaytishi uchun sharoitlar mavjud. Bu narsa uning shaxsiy xatida ham ochiqlangan edi, bu haqda terma jamoa bosh murabbiyining o'zi ham aytdi, Portugaliya futbol federaciyasi ham o'z fikrini bildirdi. SHu sababli hozir hamma bir stol atrofiga o'tirib, yaxshi echimlarni topishi kerak bo'lgan xotirjamlik lahzasi keldi", — deydi Proensaning so'zlarini A Bola nashri.
Madrimov o'z o'rnini saqlab qolgan The Ring reytingining kuchli uchligida o'zgarishlar bo'ldi