
— Men yangi xaridlarni so'ramayman, men baxtiyorman. Futbolchilar, ayniqsa bizda vaqt va hordiq chiqarish imkoniyati bo'lganida, o'sishga erishmoqda. Mening vazifam — ularning rivojlanishiga yordam berish. Men rahbariyat oldiga borib, yangi o'yinchilar so'raydigan murabbiylar toifasidan emasman. Kichikroq tarkib bilan ishlashni afzal ko'raman.
Agar rahbariyat nimanidir ko'rib chiqsa, biz buni baholaymiz, lekin o'zim futbolchi so'rash tashabbusi bilan chiqmayman. Men hech qanday yangi futbolchilarni xohlamayman, — dedi Mourinyu Sport.es nashriga.

Madrimov o'z o'rnini saqlab qolgan The Ring reytingining kuchli uchligida o'zgarishlar bo'ldi