SportUz.Tv
iks
ads

"Real" katta nomli futbolchilar ketidan quvib, ishonchni yo'qotdi" - Laporta

20.10.2026 10:36    


Rasmni yuklab olish

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real"ni 2024 yilda Kilian Mbappeni transfer qilgani uchun tanqid qildi va Madrid klubini ishonchni yo'qotganlikda aybladi.

U bu haqda “L'Equipe” nashriga bergan intervyusida takidladi.

"Bir katakda bittadan ortiq xo'roz bo'lishi mumkin emas. Bu hech qachon ish bermaydi. Futbolda asosiy ustuvorlik — jamoa. "Real" esa har doim katta nomli o'yinchilarni afzal bilgan. Fikrimcha, shu sababli ular har qanday ishonchni yo'qotishdi — aynan shuning uchun Peres Negreyra ishi bo'yicha yolg'onlarni tarqatib, o'zini oqlashga urinmoqda. Xulosa esa bitta — "Real" ikki yildan beri hech narsa yutmayapti!", – dedi Laporta.

"Barselona" La Ligada 8 turdan so'ng 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi. "Real" esa 21 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda.

"Barselona" Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida "Real"ni qabul qiladi. Uchrashuv 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: