SportUz.Tv
iks
ads

Kovington va Dillon Denis yana uchrashadi (POSTER)

20.10.2026 09:45    


Rasmni yuklab olish

Amerikalik Kolbi Kovington 3 noyabr kuni Rimda bo'lib o'tadigan Hype Fighting turnirida Dillon Denisga qarshi greppling bahsida ishtirok etadi.

Bu ikki sportchining o'zaro ikkinchi uchrashuvi bo'ladi.

Hype Fighting ushbu bahs greppling qoidalari asosida o'tkazilishini rasman elon qildi. Unga ko'ra, g'alaba faqat raqibni taslim bo'lishga majbur qilish orqali qo'lga kiritiladi.

Kovington uchun Rimdagi bahs Abu-Dabidagi navbatdagi chiqishidan 11 kun oldin bo'lib o'tadi. 14 noyabr kuni u RAF turnirida Xamzat CHimaevga qarshi RAF Crossover’ning kruzerveyt vaznidagi chempionlik unvonini himoya qilishi kerak.

Dillon Denis esa mart oyidagi mag'lubiyat uchun revansh olish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'sha RAF turniridagi bahsda u Kovingtonga texnik ustunlik bo'yicha imkoniyatni boy bergan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: