
Biroq dominikanlik bokschi mag'lub bo'lsa, uning WBC kamari vakant deb elon qilinadi.
Bu haqda WBC rasmiy saytida malum qilindi.
Adames tashkilotga chempionlik unvoni himoyasisiz jang o'tkazishga ruxsat so'rab murojaat qilgan. WBC so'rovni qanoatlantirdi, biroq shart qo'ydi: bokschi kimga qarshi ringga chiqishidan qati nazar, mag'lub bo'lsa, chempionlik kamaridan ayriladi.
17 noyabr kungi jangda Adamesga kim raqib bo'lishi hozircha elon qilinmagan.
Agar dominikanlik bokschi g'alaba qozonsa, keyingi jangida WBC kamarini qozog'istonlik Meyrim Nursultanovga qarshi majburiy ravishda himoya qilishi kerak bo'ladi. SHundan so'ng g'olib WBC vaqtinchalik chempioni Xesus Ramos bilan uchrashadi.
"Oxirgi jangdagi xatolarimni takrorlamayman". Dvalishvili Yanga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi