SportUz.Tv
iks
ads

Mbappe "Onze d'Or" talqini bo'yicha 2025/26 yilgi mavsumda Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

20.10.2026 14:30    


Rasmni yuklab olish

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra Evropaning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi va “Onze d'Or” sovrini sohibiga aylandi.

27 yoshli franciyalik jurnal o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomada ovozlarning 48,2 foizini to'pladi. SHuningdek, kuchli uchlikka PSJ yarim himoyachisi Joau Nevesh (11,9%) va uning jamoadoshi Xvicha Kvaracxeliya (10,8%) ham kirdi. Top-5’likni Lamin Yamal (9,7%) va Usmon Dembele (7,5%) yakunlab berdi.

Mbappe 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.

“Onze d'Or” mukofoti Franciyaning “Onze Mondial” jurnali tomonidan 1976 yildan beri topshirib kelinmoqda. Ushbu sovrinni eng ko'p Lionel Messi (4 marta), Zinedin Zidan va Mishel Platini (3 martadan) qo'lga kiritgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: