SportUz.Tv
iks
ads

"G'azalkent" klubi yana bir kompaniya bilan hamkorlik boshlaganini elon qildi

20.10.2026 20:48    


Rasmni yuklab olish

Bu haqida klub matbuot xizmati elon qildi.

Biz "G'azalkent" futbol klubi va Britaniyaning Moneff fintech-kompaniyasi o'rtasidagi hamkorlik boshlanganini mamnuniyat bilan elon qilamiz!

Moneff o'zi nima?
Moneff — 2016-yilda Londonda o'zbekistonlik tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan Britaniya fintech-servisidir. Kompaniya Evropadagi shaxslar va biznes uchun to'lov hisob raqamlari va xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlarini taqdim etadi (ofislari London, Kopengagen va Toshkentda joylashgan).

2025 yilda Moneff kompaniyasi Buyuk Britaniya va Evropaning boshqa mamlakatlaridan O'zbekistonga pul o'tkazmalari xizmatini ishga tushirdi. Ushbu xizmat xorijda yashayotgan vatandoshlarimizga o'z yaqinlariga pul yuborishda yordam beradi.

Moneff xorijdagi o'zbek jamiyatining madaniy, talimiy va sport tashabbuslarini, shuningdek, yoshlar va ayollar futbolini rivojlantirishni faol qo'llab-quvvatlaydi.

Bu hamkorlik nimani anglatadi?
"G'azalkent" FK va Moneff uchun ushbu hamkorlik — odamlarni birlashtirish, O'zbekistonda futbol rivojiga hissa qo'shish hamda mahalliy jamoa, uning o'yinchilari va muxlislarini qo'llab-quvvatlash imkoniyatidir.

Sanjar Mavlanov, Moneff CEO va asoschisi:
"Futbol har doim hayotimda alohida o'rin tutgan. O'zbek futboli xalqaro maydonda munosib etirof etilishini hamda klublarimiz rivojlanish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishini xohlardim. Gazalkent FC bilan hamkorlik biz uchun O'zbekistonda futbol rivojiga hissa qo'shish va klub atrofida birlashgan jamiyatni qo'llab-quvvatlash imkoniyatidir."

Moneff’ni futbol oilamizda qutlashdan xursandmiz! Oldinda bizni ko'plab qo'shma tashabbuslar kutmoqda, ularning birinchisi O'zbekiston Kubogi chorak finali doirasidagi "Navbahor"ga qarshi bo'ladigan uchrashuvda start oladi.

Jamoaga xush kelibsiz, Moneff!

???? moneff.com

mmm.jpg



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: