SportUz.Tv

Rossiya terma jamoasi yordamchi murabbiyi: "O'zbekiston maydonga eng kuchli tarkibi bilan tushishini istaymiz"

01.11.2026 14:12    


Rasmni yuklab olish

Rossiya terma jamoasi yordamchi murabbiyi Nikolay Pisarev noyabr oyida O'zbekiston va Venesuelaga qarshi bo'lib o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Mutaxassis har ikki raqibning saviyasini yuqori baholab, O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionati ishtirokchisi ekaniga etibor qaratdi.

"Raqiblarimiz saviyasidan mamnunmiz. O'zbekiston – jahon chempionati ishtirokchisi. Venesuelaga qarshi uchrashuv ham Krasnodarda ko'plab muxlislarni jalb qiladi.

Raqiblarimiz maydonga eng kuchli tarkibi bilan tushishini istaymiz. SHunda biz ham o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish eta olamiz", – dedi Pisarev.

Malumot uchun, Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Valeriy Karpin shogirdlari 17 noyabrda esa Krasnodarda Venesuela terma jamoasini qabul qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: