
IBA Nomad ligasining rasmiy Instagram sahifasida Sabirxanning bayonoti aks etgan poster elon qilindi. Unda qozog'istonlik bokschi o'zbekistonlik bokschi bilan ringda kuch sinashishga tayyorligini malum qilgan.
"SHou kerakmi? Men tayyorman", — dedi Torexan.
Avvalroq SHohjahon Ergashev dekabr oyi boshida Olmaotada bo'lib o'tadigan IBA Nomad turnirida ringga qaytishini va istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorligini aytgan edi.