
UFC Fight Night 292 oqshomining asosiy jangi engil vazn toifasida o'tkazildi. Unda braziliyalik Renato Moykano avstraliyalik Tom Nolanga qarshi oktagonga chiqdi. Jang biroz kutilmagan natija bilan yakuniga etdi. Nolan UFC chempionlik kamariga sobiq davogar, reytingda sakkizinchi o'rinni egallab turgan Renato Moykano ustidan muddatidan oldin g'alaba qozonib, divizionning TOP-10`taligiga kirish uchun davogarga aylandi. Referi uchinchi raund o'rtalarida jangni to'xtatdi.
Turnirning ikkinchi muhim jangida mag'lubiyatsiz amerikalik yarim o'rta vazn vakili Jeykobi Smit yamaykalik Rendi Braunni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratib, tashkilotdagi beshinchi g'alabasini nishonladi.
Boshqa natijalardan, rossiyalik Yana Santosning engil vazn toifasida braziliyalik Luana Santosga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazgani, shuningdek, avval mag'lub bo'lmagan ozarbayjonlik yarim o'rta vazn jangchisi Farman Hasanovning uchinchi raundda chap ko'zi ustidagi jarohati tufayli amerikalik Jan-Pol Lebosnoyan bilan jangi to'xtatilishi va texnik nokautli g'alaba raqibiga taqdim etilganini aytish mumkin.
UFC Fight Night 292 turnirining barcha natijalari:
Asosiy kard janglari
Tom Nolan Renato Moykanoni texnik nokautga uchratdi (qo'l va tirsak zarbalari) – 3-raund, 1:28
Jakobi Smit Rendi Braunni hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi (30-26, 30-26, 30-26)
Kodi Dyorden Odi Osbornni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29-28, 29-28, 29-28)
Luana Santos raqibasi Yana Santosni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi (29-28, 29-28, 29-28)
Jan-Pol Lebosnoyani Farman Hasanovni texnik nokautga (shifokor qarori bilan to'xtatildi) uchratdi – 3-raund, 2:11
Prelim kard janglari
Dakota Xoup Frensis Marshallni hakamlarning ayri qarori bilan engdi (28-29, 29-28, 29-28)
Rodrigo Sezinando Teodor Berggrenni texnik nokaut (shifokor qarori bilan to'xtatildi) – 2-raund, 5:00
Julian Eros CHon Yon Lini nokautga (zarbalar) uchratdi – 1-raund, 1:31
Zakari Riz Mikki Gallani ochkolar bo'yicha yutdi (29-27, 29-27, 29-27)
Jozef Kropshot Nik Klyaynni sabmishn (uchburchak) qildi – 2-raund, 1:25
Per Rodriges raqibasi Talita Alenkarni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi (30-27, 30-27, 30-27)
Lyusiya Jabova raqibasi Tainara Lisboani texnik nokautga (zarbalar) uchratdi – 3-raund, 3:20
