SportUz.Tv

Ramazon Temirov Kavanaga qarshi mag'lubiyatdan keyin ilk bor muxlislarga murojaat qildi

01.11.2026 09:51    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik UFC jangchisi Ramazon Temirov ommaga ko'rinish berdi.

"Hammaga assalomu alaykum. Oxirgi jangimdan keyin o'zimga kelib, sizlarga murojaat qilishga qaror qildim. Xalqimiz, vatandoshlarim tomonidan juda ko'p meni qo'llab-quvvatlagan xabarlar etib kelyapti. Barchangizga rahmat. Bu qo'llab-quvvatlash meni yanada kuchli qiladi. Keyingi janglarimda xatolarim ustida ishlashga kuch beradi. Alloh taolo peshonamga shunday bo'lishini yozgan ekan, sabr qilib, rozi bo'lib, oldinga harakat qilishda va xatolar ustida ishlashda davom etamiz", deydi Temirov.

Ramazon 24 oktyabr kuni UFC 333 turnirida angliyalik Lone Kavana bilan jang qilib, birinchi raundda texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: