SportUz.Tv

O'zbekiston terma jamoasi sobiq murabbiyi: "Rossiya optimal tarkibda maydonga tusha olmaydi. Bu o'yinda O'zbekiston favorit"

11.11.2026 14:12    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Valeriy Nepomnyashhiy O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasida kechadigan bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvi borasida o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

“Birinchidan, O'zbekiston milliy terma jamoasi — yozda o'tgan Jahon chempionati ishtirokchisi. Ikkinchidan, ko'plab o'zbek futbolchilari Evropa ligalarida, jumladan RPLda to'p tepishmoqda. Menga malum bo'lishicha, bo'lajak o'yinda Rossiya terma jamoasi optimal tarkibda maydonga tusha olmaydi. SHu sababli, menimcha, bu bahsda aynan o'zbeklar favorit hisoblanadi. Mening nazarimda, rossiyalik futbolchilar payshanba kuni munosib ko'rinish uchun bor kuchlarini ishga solishlariga to'g'ri keladi”, — dedi Nepomnyashhiy.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi payshanba, 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: