
Xabar berganimizdek, bokschi qizlarimizdan ikki nafari kechagi janglarda yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Bugun ular final chiptasi uchun ringga chiqishadi.
-54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sabrina CHakomanova qozog'istonlik Maral Tolepbergenga, -60 kg vazndagi vakilamiz Rushanabonu Isoeva misrlik Menatella Ibrahimga qarshi jang o'tkazadi.
Har ikki bokschimiz Yoshlar Olimpiadasining kamida bronza medalini naqd qilib ulgurgan. Sabrinaning jangi bizning vaqt bilan soat 22:45, Rushanabonuning bahsi esa 23:15da boshlanadi.
