SportUz.Tv

Putinning maxsus vakili UFC turnirlarini Rossiyaga qaytarish ustida ish olib borilayotganini aytdi

11.11.2026 13:09    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning xorijiy mamlakatlar bilan investiciyaviy-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha maxsus vakili Kirill Dmitriev tez orada Rossiyada UFC turnirlarini qayta tiklash bo'yicha ishlar boshlanishini malum qildi.

"Biz tez orada Rossiyada UFC turnirlari ustida ishlashni boshlaymiz", - deb yozdi Dmitriev X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida UFC prezidenti Dana Uaytning Oq uyda paydo bo'lgani haqidagi xabarga javoban.

Rossiyadagi so'nggi UFC turniri 2019 yil 9 noyabrda Moskvadagi "CSKA Arena" sport arenasida bo'lib o'tgandi. UFC Fight Night 163 oqshomining asosiy jangi rossiyalik Zabit Magomedsharipov hamda amerikalik Kelvin Kattar o'rtasida o'tkazilgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: