SportUz.Tv

Maurisio Sulaymon: "WBC qoidalari Meyvezerga chempionlik uchun kurashishga ruxsat beradi"

11.11.2026 12:36    


Rasmni yuklab olish

WBC prezidenti Maurisio Sulaymon Rayan Garsiya va 49 yoshli kichik Floyd Meyvezer o'rtasida chempionlik jangini tashkil etish imkoniyatini tan oldi.

"Floyd Meyvezerni hech qachon hisobdan chiqarish mumkin emas. Katta qaytishlarga misollar juda ko'p va ularning aksariyati yomon: Muhammad Ali, Xulio Sezar CHaves, faoliyatini yomon yakunlagan buyuk chempionlar, Mayk Tayson ham. Lekin yaxshi misollar ham bor.

Floydning to'liq tibbiy xulosalari va amaldagi boks licenziyasi bor-yo'qligini aniqlash kerak. Bizning qoidalarimiz esa unga chempionlik uchun kurashishga imkon beradi", - dedi Sulaymon.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Floyd Meyvezer yarim o'rta vazn toifasida WBC chempioni Rayan Garsiyani 2027 yil uchun ehtimoliy raqiblari qatoriga kiritgan edi. Garsiya so'nggi jangida Konor Benni ishonchli tarzda mag'lub etdi (ikkinchi raundda texnik nokaut).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: