SportUz.Tv

MYU Saudiya Arabistoni chempionatidan futbolchi sotib olmoqchi

26.11.2026 17:12    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Yunayted" Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Ayvan Toniga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda TEAMTalk xabar bermoqda.

Manba malumotlariga ko'ra, futbolchi Evropaga qaytishni istamoqda va bir nechta variantlarni ko'rib chiqmoqda, Manchester klubi esa qishki transfer oynasida Tonini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirmoqda, chunki "qizil iblislar"ning yangi ustozi Maurisio Pochettino ushbu poziciyaga yana bir futbolchi olib kelishni talab qilmoqda.

Angliya terma jamoasining 30 yoshli forvardi 2024 yildan buyon "Al-Ahli" sharafini himoya qilib kelmoqda. Avgust oyida London tungi klublaridan birida yuz bergan mojarodan so'ng Toniga tan jarohati etkazish ayblovi qo'yilgan edi. Sud jarayoni 2028 yildan avval yakunlanmasligi va forvardning Angliyaga qaytishiga to'sqinlik qilmasligi kutilmoqda. Joriy mavsumda Toni barcha turnirlarda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Angliya terma jamoasi safida esa 10 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: